Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tolibon» Termizga otilgan snaryadlar bo‘yicha izoh berdi

«Tolibon» Termizga otilgan snaryadlar bo‘yicha izoh berdi

Afg‘oniston muvaqqat hukumati rasmiy vakili Zabihullo Mujohid.

Afg‘oniston muvaqqat hukumati rasmiy vakili Zabihullo Mujohid Termizga Afg‘oniston hududidan raketa hujumi bo‘yicha bayonot berdi.

Uning ta’kidlashicha, ushbu hodisani uyushtirganlar do‘st O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida ishonchsizlik muhitini yaratishni maqsad qilganlar.

«Tolibon» harakati ularni hibsga olish va jazolash uchun qidirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 5-iyul kuni Surxondaryo viloyati Termiz shahriga 5 ta snaryad uchib tushgan.

Natijada, Termiz shahridagi Majnuntol mahallasida joylashgan 4 ta uyga ozroq zarar yetgan, beshinchi snaryad futbol maydoniga qulagan. Barcha snaryadlar sapyorlar tomonidan zararsizlantirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring