Toliblarning hujumi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi

«Tolibon» radikal harakati Afg‘onistonning Saripul viloyatidagi nazorat-o‘tkazish punktiga hujum uyushtirishi oqibatida NO‘Pni qo‘riqlovchi o‘n bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «РИА Новости» xabar berdi.
Viloyat hokimining rasmiy vakili Zabihulla Ahmaniyning ma’lum qilishicha, qarshi hujumda uch nafar jangari, xususan, harakat komandirlaridan biri ham o‘ldirilgan. To‘rt nafari esa jarohatlangan.
Bundan avval toliblarning G‘azna viloyati Jagatu tumanidagi NO‘Pga hujumi oqibatida to‘rt nafar afg‘on politsiyachisi halok bo‘lgan, yana besh nafari jarohatlangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter