Tojikistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonning ikki viloyatiga ta’sir qildi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, 12 mart kuni Toshkent vaqti bilan 20:26 da (12.03.2023-yil, Grinvich bo‘yicha 15:26 da) Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi.
Zilzila koordinatalari: 39,31 gradus shimoliy kenglik; 67,54 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,6. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 260 km janubiy-g‘arbda.
O‘zbekiston Respublikasi hududia sezilish kuchi:
Samarqand viloyatida 3 ball, 63 km.
Jizzax viloyatida 2-3 ball, 93 km.
Avvalroq Afg‘onistonda 5 magnitudali zilzila kuzatilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter