Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikistonda sodir bo‘lgan kuchli zilzila O‘zbekiston hududida ham sezildi

Tojikistonda sodir bo‘lgan kuchli zilzila O‘zbekiston hududida ham sezildi

Bugun, 22 mart kuni Toshkent vaqti bilan 08:47 da (22.03.2024 yil, Grinvich bo‘yicha 03:47 da) Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Zilzila koordinatalari: 39,28 gradus shimoliy kenglik; 71,84 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,4. Chuqurlik 15 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 313 km janubiy-sharqda.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

Farg‘ona viloyatida 3 ball, 122 km.

Andijon viloyatida 2-3 ball, 172 km.

Namangan viloyatida 2-3 ball, 192 km.

Sirdaryo viloyatida 2 ball, 294 km.

Toshkent shahrida 2 ball, 313 km.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring