Tojikistonda ketma-ket zilzilalar bo‘lmoqda

Saryoz ko‘li, Tojikiston.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, 8-mart kuni Toshkent vaqti bilan 15:42 da (08.03.2023-yil, Grinvich bo‘yicha 10:42 da) Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi.
Zilzila koordinatalari: 37,57 gradus shimoliy kenglik; 71,59 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,2. Chuqurlik 176 km.
Zilzila epitsentri Toshkentdan 459 km janubiy-sharqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha 7 mart kuni ham Tojikistonda 4,2 ballik zilzila sodir bo‘lgandi.
Shuningdek, mutaxassislar Tojikistondagi Saryoz ko‘li dambasi zilzila oqibatida yorilib ketishi mumkinligini, bundan O‘zbekiston ham jabr ko‘rishi mumkinligini ma’lum qilishgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter