Tojikistonda ketma-ket ikki zilzila qayd etildi

6 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 02:26 da va 03:10 da Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilmoqda.
Dastlabki zilzila koordinatalari: 37,94 gradus shimoliy kenglik; 73,59 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,7. Chuqurlik 212 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 526 km janubi-sharqda.
Ikkinchi zilzila koordinatalari: 38,17 gradus shimoliy kenglik; 73,3 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,6. Chuqurlik 100 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 490 km janubi-sharqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter