Tojikistonda ketma-ket zilzilalar bo‘ldi. Rasmiy ma’lumot

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, 26-fevral, Toshkent vaqti bilan 01:44 da (25.02.2023 yil, Grinvich bo‘yicha 20:44 da) Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi.
Zilzila koordinatalari: 38,17 gradus shimoliy kenglik; 73,31 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,4. Chuqurlik 100 km.
Zilzila yepitsentri Toshkentdan 491 km janubiy-sharqda.
Eslatib o‘tamiz, Tojikistonda 23-fevral kuni ham besh ballik zilzila kuzatilgandi.
Ushbu zilzila Amudaryo daryosining boshlanish qismi hisoblanadigan Panj daryo havzasidagi Sarez ko‘liga juda yaqin hududda kuzatilgan. Mazkur ko‘l 1911 yilgi tabiiy ofat sabab yuzaga kelgan bo‘lib, Markaziy Osiyo davlatlari uchun katta xavf sanalishi oilmlar tomonidan ta’kidlanib keladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter