Tog‘li Qorabog‘da mina portlashi natijasida ozarbayjonlik harbiy halok bo‘ldi
Tog‘li Qorabog‘da mina portlashi oqibatida ozarbayjonlik harbiy xizmatchi halok bo‘ldi, deya xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.
«Madagiz aholi punkti hududida ish paytida mina portlab ketgan. Portlash natijasida Rossiya tinchlikparvar kuchlari ofitseri jarohatlandi. Ozarbayjon Respublikasi qurolli kuchlarining bir zobiti halok bo‘ldi. Tog‘li Qorabog‘ favqulodda vaziyatlar vazirligining yana to‘rt nafar xodim turli darajada jarohat olishgan. Rossiyalik harbiy xizmatchi Bokudagi gospitalga yetkazilib, u yerda unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Hayot uchun xavf yo‘q», — deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter