«Titanik» qoldiqlari auksionda sotilmoqda
1912-yili Atlantika okeaniga g‘arq bo‘lgan va 1496 kishining hayotiga zomin bo‘lgan «Titanik» kemasining ayrim qoldiqlari auksionga qo‘yildi. Bu haqda «Sabah» habar bermoqda
Angliyadagi «Henri Aldrij va uning o‘g‘li» (Henry Aldridge & Son) auksion markazida keyingi hafta kimoshdi savdosiga qo‘yiladigan qoldiqlar orasida menyu, maktublar, pochta varaqalari va kema tarixiga oid suratlar o‘rin oladi.
Bulardan eng e’tibor tortadigani Tomas Mudning «Titanik – muhtasham kema, uning harakatini payqash qiyin» deya yozilgan pochta varaqasidir. Auksionga qo‘yiladigan qoldiqlar orasida «Titanik» menyusining yuqori narxda sotilishi kutilayapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter