Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tillafurush ayollar janjali bo‘yicha rasmiy munosabat berildi

Tillafurush ayollar janjali bo‘yicha rasmiy munosabat berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar ayol boshqa bir ayolni do‘pposlayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat Farg‘ona viloyati IIB tomonidan o‘rganib chiqildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 22-iyun kuni Farg‘ona shahar Bozor yo‘li ko‘chasida tilla savdosi bilan shug‘ullanuvchi Q.S (ayol) o‘zaro savdo munosabatlari yuzasidan shu yerda tilla buyumlar sotuvchisi (tanishi) A.G (ayol) bilan janjallashib ketishgan. Janjalga, shu yerda bo‘lgan A.G.ning ikki nafar singillari A.R va G.A ham aralashib, bir-birlariga yengil tan jarohati yetkazishgan.

Sudga oid tibbiy ekspertizaning xulosasida A.G, Q.S hamda A.R.lar yengil tan jarohati olganligi ko‘rsatilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring