Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet» tezkor axborot e’lon qildi

«O‘zgidromet» tezkor axborot e’lon qildi

Joriy yilning 12 aprel kuni O‘zbekiston hududiga quruq va issiq havo kirib kelishi boshlanadi. «O‘zgidromet» ayrim hududlarda kuchli shamol bo‘lishidan ogohlantirmoqda.

13-14 aprel kunlari respublika hududining katta qismida kunduzgi havo harorati 30-35 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 37 darajagacha ko‘tariladi.

12-14 aprelda respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi kutilmoqda.

12-14 aprelda Qoraqalpog‘iston Respublikasida; 13-14 aprelda Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida ba’zi joylarda shamol 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring