Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saida Mirziyoyeva termizlik voyaga yetmagan qiz fojiasi haqida

Saida Mirziyoyeva termizlik voyaga yetmagan qiz fojiasi haqida

Termizlik voyaga yetmagan qiz fojiasi, uni zo‘rlagan kimsaning jazosiz qolayotgani haqidagi xabar jamiyatimizning kuchli g‘azabiga sabab bo‘ldi va men ularning qarashlarini butunlay quvvatlayman, deya qayd etdi O‘zbekiston Respublikasi Gender tengligini ta’minlash bo‘yicha komissiyasi a’zosi Saida Mirziyoyeva.

«Bu mavzu ko‘tarilganidan xursandman, u shu kabi jinoyatlardan aziyat chekkan qizlarga o‘rnak bo‘ladi. Bunday jinoyatlar e’tiborsiz, jazosiz qolmasligi kerak.

Bir yildan ortiq vaqt davomida ota-ona adolat izlab, norasida qizining hayotini sindirgan zo‘ravonni jazolashni talab qildi.

Jinoyatchini hech qanaqasiga oqlab bo‘lmaganidek, Termiz huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlarini ham, umuman, oqlab bo‘lmaydi. IIV bu holat yuzasidan surishtiruv-tergov ishlarini o‘tkazishiga va Termiz IIB xodimlari jinoyatni yashirganligi uchun qonun oldida javob berishiga umid qilaman. Mening fikrimcha, bunday odamlar sohada yuzaga kelayotgan adolatsizliklarning asosi va qo‘zg‘atuvchisidir.

Jinoyatchining mansabi, vakolati va aloqalari hech qanday holatda sud organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning adolatli bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatmasligi lozim.

Qizchaning ota-onasiga sabr, o‘ziga esa kuch tilayman. Bardam bo‘ling, vijdonini yo‘qotmagan barcha siz tomonda!», deb yozadi Mirziyoyeva.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq IIV holat bo‘yicha xizmat tekshiruvi olib borilayotganini bildirgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring