Termizda uyga qamalib qolgan bola hushsiz holda topildi (foto)
Joriy yilning 4-fevral kuni Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 1050 qutqaruv xizmatiga Termiz shahrida yashovchi fuqaro S.B. tomonidan murojaat kelib tushdi.
Olingan ma’lumotga ko‘ra, fuqaro S.B. uyining temir eshigi berkilib qolgani, 13 yoshli bolasi uyda uxlab yotgani, choy damlash uchun gazga suv qo‘ygani va eshikni taqillatsa ham, hech kim javob bermayotgani sababli xavotir olayotganini ma’lum qilgan.
FVV axborot xizmatining xabariga ko‘ra, qutqaruvchilar zudlik bilan Yong‘in xavfsizligi xizmati va Tez tibbiy yordam xizmati xodimlarini jalb etib, voqea joyiga o‘z vaqtida yetib borishdi.
Qutqaruv guruhi tomonidan eshik ochilganda, konditsioner ulangan rozetka erishi natijasida uyning ichi tutun bilan to‘lgan hamda u yerda o‘smir bola hushsiz yotgan edi. Qutqaruvchilar bolani tezkorlik bilan tez tibbiy yordam xodimlariga olib chiqishdi va unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi. Hozirda bolaning ahvoli yaxshi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter