Termiz tumani hokimligi binosi oldida tadbirkor o‘ziga o‘t qo‘ydi (video)
Surxondaryo viloyati Uchqizil shahrida Termiz tumani hokimligi binosi oldida erkak kishi o‘ziga o‘t qo‘ydi, deb xabar bermoqda «Repost».
Ma’lum qilinishicha, fuqaro o‘zi ochgan kafesi binosining buzilishi masalasida tuman hokimligiga kelgan. Tadbirkor kafeni kredit hisobiga tashkil qilgan bo‘lgan.
Kafe binosining buzilishga tushgani haqida bilgach, tadbirkor bir necha oy davomida tuman hokimligiga tushuntirish berishlarini so‘rab kelgan, ammo qabulga kira olmagan. Oqibatda, 24-fevral kuni u hokimiyat binosi oldida o‘ziga o‘t qo‘ygan.
U turli darajadagi kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter