Tehron yaqinida Qirg‘izistondan uchgan «Boeing 707» samolyoti halokatga uchradi
Tehron yaqinida Qirg‘izistondan uchgan «Boeing 707» yuk samolyoti halokatga uchradi. Dastlabki ma’lumotlarda samolyot bortida 10 kishi bo‘lgani aytilgan, ammo keyinchalik samolyotdagilar soni 16 kishiligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Eron favqulodda vaziyatlar departamenti matbuot kotibi Hasan Xolidiy ma’lum qilgan.
*Breaking News* Kyrgyz Airlines Boeing 707 has crashed around 50Km South-West of Tehran. Reportedly carrying 10 Crew members.#avgeek #BREAKING #Aviation #news pic.twitter.com/WQkZUQSm6u
— Hassan Khalid (@hassankhalid215) 14 yanvarya 2019 g.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, aviahalokatga uchuvchining qo‘nish yo‘laklarini tanlashdagi xatosi sabab bo‘lgan.
Xabarga ko‘ra, samolyotning bort muhandisi omon qolgan. Samolyot borib urilgan uylarda yashovchilaring taqdiri nima kechgani haqida hozircha ma’lumot berilmagan.
Samolyot qaysi kompaniyaga qarashli ekani haqida avvaliga xorij manbalarida turlicha xabar berildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, «Boeing 707» Eron armiyasiga qarashli bo‘lgan va bugun, 14 yanvar kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkekdan uchib kelayotgan bo‘lgan. Uning bortidagi 16 kishidan faqat bir nafari tirik qolgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter