Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TDTU yotoqxonasining 6-qavatidan tushib ketgan talaba vafot etdi

TDTU yotoqxonasining 6-qavatidan tushib ketgan talaba vafot etdi

Foto:«News.ua»

2019-yil 27-martda Toshkent davlat texnika universiteti  «Konchilik ishi va metallurgiya» fakulteti talabasi Sh.U. talabalar turar joyining 6-qavatidan pastga yiqilib tushgan. 

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, talaba Toshkent tibbiyot akademiyasi ikkinchi klinakasiga yotqizilgan, shifokorlar tomonidan bosh miya ochiq jarohati, kalla asos gumbaz suyagi sinishining bo‘linib sinishi, bosh miya pardalari ostiga, to‘qimasiga qon quyilishi, bosh miya og‘ir darajada lat yeyishi, chap son suyagi ochiq sinishi, o‘ng tomondan 3, 4 va 5-qovurg‘alar sinishi, to‘sh suyagi sinishi, ikkinchi o‘pka yorilishi tashxisi qo‘yilgan.

2019-yilning 28-mart kuni Sh.U. olgan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan.

«Sh.U. (1994-yilda tug‘ilgan) tabiatan og‘ir va bosiq bo‘lgan, hech kim bilan ixtilofga bormagan, oilasida hech qanday muammolari bo‘lmagan. O‘qishda a’lo baholarga o‘qigan, xulqi namunali, talabalar orasida hurmatga ega va o‘zining faolligi bilan ajralib turgan» deyiladi vazirlik xabarida.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring