Tarvuz sotuvchisini pichoqlagan shaxsga hech kim kafil bo‘lmadi

Buxorolik N.S. (1979-y.t.) mast holatda janjal ko‘tarib, oshxona pichog‘i bilan qo‘shnisiga og‘ir jarohat yetkazdi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Buxoro shahar 1-son IIB tergovchisi, leytenant Azizjon Asadov xabar berdi.
N.S. Buxoro shahrining Somiy ko‘chasidagi xonadoni yonida tarvuz sotib turgan qo‘shnisi B.A.ni qo‘pol so‘zlar bilan haqoratlaydi. B.A. unga mast ekani, hozir gaplashish mavridi emasligini tushuntirishga urinadi. Biroq, haddidan oshgan N.S. tarvuzlardan biriga suqib qo‘yilgan oshxona pichog‘i bilan qo‘shnisiga og‘ir jarohat yetkazadi.
Ma’lum bo‘lishicha, ayblanuvchi muqaddam bir necha marotaba sudlanib, jazo muddatini o‘tab chiqqan ekan. Mahallada o‘tkazilgan sayyor yig‘ilishda unga hech kim kafil bo‘lmadi.
Ayni paytda holat yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter