Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tadbirkor» ayolning kirdikorlari fosh bo‘ldi

«Tadbirkor» ayolning kirdikorlari fosh bo‘ldi

Buxoro shahrida kuchli ta’sir etuvchi dori vositalarini o‘tkazish uchun ularni ayollar parfyum do‘koni oldida saqlab kelgan fuqaro  huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi, deya ma’lum qilmoqda «Xabar.uz» muxbiri.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning G‘ijduvon tuman bo‘limi, viloyat DXX hamda IIB JQB xodimlari bilan hamkorlikda kuchli ta’sir qiluvchi moddalari mavjud dori vositalarining sotilishiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Ta’kidlanishicha, Buxoro shahri markazidagi ayollar parfyumi savdo do‘koni oldida turli mahsulotlar sotayotgan fuqaro M.B.ning hatti-harakatlari huquq-tartibot idoralari xodimlarini shubhaga solgan. Holat o‘rganilgan va ayol noqonuniy tarzda dori vositalarini o‘tkazish maqsadida ularni ayollar parfyum savdo do‘koni oldida saqlab kelayotgani ma’lum bo‘lgan. O‘sha vaqtning o‘zidayoq, 13 xil turdagi 2852 dona dori vositalari tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Ekspert kriminalistika markazi ekspertining xulosasiga asosan, dori vositalarining tarkibida «Sibutramin» – kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjudligi aniqlangan.

Holat yuzasidan fuqaro M.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2511-moddasi (Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring