Surxondaryoda yuk mashinasini teplovoz urib ketdi (video)
Teplovoz va «ZIL» yuk mashinasi to‘qnashuvi natijasida 43 yoshli haydovchisi vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB YHXB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, voqea 7 avgust kuni soat 23:30 lar atrofida Sho‘rchi— Elbuloq temir yo‘l bekatlari oralig‘ida yuz bergan.
«ZIL» yuk mashinasi rezerv teplovoz harakatlanib kelayotganini ko‘ra turib, temir yo‘l kesishmasidagi svetofor chiroqlariga amal qilmasdan yo‘lni kesib o‘tishga uringan va bu ayanchli oqibatga olib kelgan. «ZIL»ni boshqargan 43 yoshli haydovchi voqea joyida vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter