Surxondaryoda xonadonda gaz portladi. Uy egasi va uning farzandi kuyish jarohati olgan
Bugun, 19 oktyabr kuni kuni soat 02:43larda Uzun tumani «Mehnat» MFY Surxonboshi ko‘chasidagi uylardan birida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lganligi to‘g‘risida Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Hodisa joyiga FVB, IIB, SSB va boshqa tegishli idoralarning kuch hamda vositalari jalb qilinib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib borilgan.
Voqea kelib chiqishining taxminiy sababi yashash uyining yerto‘lasida bo‘lgan maishiy gaz balloni reduktoridan sizib chiqqan tabiiy gaz xonaga to‘plangan va havo-gaz aralashmasining chaqnashi yuzaga kelgan.
Chaqnash oqibatida xonada bo‘lgan uy egasi va uning farzandi turli darajada kuyish tan jarohati olgan, ayni vaqtda ularga zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter