Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda Suriyadagi jangarilarga qo‘shilishni reja qilgan shaxs ushlandi

Surxondaryoda Suriyadagi jangarilarga qo‘shilishni reja qilgan shaxs ushlandi

DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan viloyat IIB bilan hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi 2001 yilda tug‘ilgan R.I. internetdagi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish jarayonida DEO/XTT emissarlari ta’siriga tushib, Suriyadagi jangarilar lageriga borib qo‘shilishni rejalashtirgan.

Tadbir davomida unga tegishli bo‘lgan telefon apparati tekshirib ko‘rilganda, telegram messenjeridagi akkaunti orqali Abdulloh Zufar, Sodiq Samarqandiy Abu Saloh, Rashod Qori kabi «jihodchilar» DEO g‘oyalarini targ‘ibotchilari bilan aloqa qilgani aniqlandi.

Bundan tashqari, u O‘zbekiston Islom Harakati XTTga tegishli «Jundulloh» media markazining «Amjad media» nashidalari, Suriyadagi Tavhid va jihod katibasi rahnomasi Abu Salohning jihodga chorlovchi ma’ruzalarini yaqin tanishlariga tarqatib kelayotgani aniqlanib, videotasvir orqali pretsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring