Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda o‘qituvchining 12 yashar qizi avval zo‘rlanib, so‘ng o‘ldirildi

Surxondaryoda o‘qituvchining 12 yashar qizi avval zo‘rlanib, so‘ng o‘ldirildi

Illyustrativ surat

Foto: «Sonnik Enigma»

25-sentabr kuni soat 21:30 larda Uzun tumani (Surxondaryo) Malandiyon mahallasida uyining yerto‘lasidan Sh.A.ning jasadi topilgan. Surxondaryo viloyati IIBning "Turon24"ga ma’lum qilishicha, 12 yoshli qiz avval zo‘rlanib, so‘ng bo‘g‘ib o‘ldirilgan.

Viloyat prokuraturasining Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi 1989-yilda tug‘ilgan, muqim ishga ega bo‘lmagan A.X. mazkur mudhish jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib hibsga olinganini ma’lum qildi. U 25 sentyabr kuni qo‘shni uyda ustachilik qilayotgan bo‘lgan. Gumonlanuvchi soat 14:50 atrofida qo‘shnining uyiga mehnat qurolini so‘rab boradi. O‘sha paytda uyda bo‘lgan 12 yashar Sh.A. ish quroli topib berish uchun yerto‘laga kirganida uning ortidan kirgan yigit qizni zo‘rlaydi va jinoyat izini yashirish maqsadida uni bo‘g‘ib o‘ldiradi.

"Turon24" muxbirining aniqlashicha, qizning otasi o‘qituvchi bo‘lgan. Tumandagi 4-maktabda ishlagan ota Rossiyaga ishlash uchun ketgan. O‘ldirilgan qiz esa tumandagi 6-maktabning 5-sinfida o‘qigan. Maktab direktori Zumrad Tursunovaning aytishicha, Sh.A. maktabning a’lochilaridan biri, sinf sardori bo‘lgan.

Malandiyon mahallasi raisi Odil Azimov hodisa ro‘y bergan kuni Sh.A.ning onasi paxtada bo‘lganini ma’lum qildi. 15 yashar opasi bu vaqtda uyda bo‘lmagan. Mahalla raisi, shuningdek, gumonlanuvchi A.X.ning tarbiyasi azaldan buzuq bo‘lganini, unga ko‘cha-ko‘ydagi xatti-harakati yuzasidan bir necha bor tanbeh ham berganini aytib o‘tdi.

Mazkur holat yuzasidan 26-sentabr kuni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “v” va “z” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda Surxondaryo viloyat prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tergov olib bormoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring