Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda mudhish YTH: qurbonlar orasida bolalar ham bor

Surxondaryoda mudhish YTH: qurbonlar orasida bolalar ham bor

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 17-avgust kuni soat 16:00 larda, Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumani «G‘ur-G‘ur» mahallasi hududidan o‘tuvchi M-41 «Termiz-Jarqo‘rg‘on» avtomobil yo‘lining 1591-kilometrida haydovchi 1990-y.t. U.A. «Cobalt» rusumli transport vositasida quvib o‘tish qoidalarini buzib, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida qarshisidan kelayotgan haydovchi, 1993 y.t. S.N. boshqaruvidagi «Spark» rusumli transport vositasi bilan to‘qnashib, YTH sodir etgan. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.

YTH natijasida, «Spark» rusumli transport vositasi haydovchisi 27 yoshli S.N. va ushbu avtomobil yo‘lovchisi 30 yoshli M.T. hamda «Cobalt» rusumli avtomobil yo‘lovchilari 31 yoshli S.Sh. va 2020-yil iyun oyida tug‘ilgan 2 oylik M.A.lar voqea joyida vafot etishgan.

Shuningdek, «Spark» rusumli avtomobil yo‘lovchisi 26 yoshli G.X. va «Cobalt» rusumli avtomobil yo‘lovchisi 5 yashar M.A.lar og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etishgan.

«Spark» rusumli avtomobil yo‘lovchilari 30 yoshli N.X., 23 yoshli A.E.lar, «Cobalt» rusumli avtomobil haydovchisi 30 yoshli U.A. va ushbu avtomobil yo‘lovchilari 1 yoshli A.U., 23 yoshli M.R. hamda R.I.lar tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Jarqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring