Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda «hiyla ishlatgan» o‘g‘ri ushlandi

Surxondaryoda «hiyla ishlatgan» o‘g‘ri ushlandi

Foto: Kiberxavfsizlik markazi

Qimmatbaho mobil qurilmalar o‘z egalariga qaytarildi.

Surxondaryo viloyati Denov shahridagi «Amir Holding» savdo majmuasi sotuvchilari ariza bilan murojaat qilib, ularning savdo rastalaridan bir nechta mobil qurilmalari o‘g‘irlanganligini ma’lum qilib, qurilmalarni topishda yordam so‘rashgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, qurilmalarni o‘g‘irlagan shaxs Surxondaryo viloyati Denov shahrida yashovchi, 1999 y.t. J.S. ekanligi aniqlangan.

J.S. savdo markazida yopilishi oldidan yashirinib olib ushbu jinoyatni amalga oshirganligi ma’lum bo‘lgan.  

J.S.ga nisbatan O‘zR. JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring