Surxondaryoda er tomorqada ishlamagan ayolini do‘pposladi
Ijtimoiy tarmoqlarda bir erkak uyida ayolini ayovsiz do‘pposlayotgani aks etgan video tarqaldi. Surxondaryo viloyati IIB holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 2023 yilning 18 iyun kuni soat 17:00 lar atrofida Sho‘rchi tumani «To‘la» mahallasida yashovchi E.X. turmush o‘rtog‘i B.S.ga yashash uyining tomorqasiga ekilgan makkajo‘xorining o‘tini olishni bir necha bor aytgan. Biroq, turmush o‘rtog‘i B.S. «tomorqangga kirmayman, menga makka kerak emas!», deb, gap qaytargan.
Shundan so‘ng, E.X. jahli chiqib, qo‘li bilan urgan, B.S. yana gap qaytaravergandan so‘ng, supada turgan elektr simi bilan B.S.ning badaniga urib, tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan, hozirgi vaqtda profilaktika inspektori tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan va qonuniy qaror qabul qilish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborish choralari ko‘rilmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter