Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda «Kaptiva» haydovchisi mashinani odamlar ustiga haydadi

Sirdaryoda «Kaptiva» haydovchisi mashinani odamlar ustiga haydadi

Sirdaryoda «Kaptiva» haydovchisi mashinani odamlar ustiga haydagani videosi tarqaldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur hodisa futbol o‘yini sabab kelib chiqqan janjal oqibatida yuz bergan. 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «Kaptiva» rusumli avtomashina haydovchisi tomonidan sodir etilgan holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilgan.

Mazkur avtomashina haydovchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tegishli tartibda qamoqqa olingan, avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Bir kishi jabrlangani ma’lum qilingan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring