Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jamoat transportini mast holatda boshqargan haydovchi ushlandi

Jamoat transportini mast holatda boshqargan haydovchi ushlandi

2-aprel kuni Guliston shahar hududida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari tomonidan qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomonga chiqib kelayotgan «Isuzu» rusumli avtobus haydovchisi to‘xtatilgan.

Tekshiruv davomida haydovchining og‘zidan spirtli ichimlik hidi kelganligi sabab xodimlar uni mastlik holati bo‘yicha tekshiruvga taklif qilishgan. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, haydovchi, 1978-yilda tug‘ilgan O.N. mast holdaligi aniqlangan, deya xabar bermoqda YHXBB matbuot xizmati.

Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 128⁵-moddasi ikkinchi qismi hamda 131-moddasi tartibida ma’muriy bayonnoma tuzilib, avtobus ushbu Kodeksning 291-moddasiga asosan vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring