Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda katta miqdorda iste’molga yaroqsiz go‘sht yo‘q qilindi

Sirdaryoda katta miqdorda iste’molga yaroqsiz go‘sht yo‘q qilindi

Foto: IIV matbuot xizmati

Sirdaryoda YPX postida Qashqadaryo viloyati Koson tumanida yashovchi J.S boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtotransport vositasi tekshirilganda hech qanday hujjatlarsiz olib ketilayotgan 329 kg qoramol go‘shti borligi aniqlandi.

Ushbu go‘sht mahsulotlari viloyat «Hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi»ga olib kelinib, laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazilganda, iste’molga yaroqsiz ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Ushbu go‘sht mahsulotlari viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasining tegishli xulosasiga asosan Guliston tumani «Zarbdor» mahallasi hududida yoqish yo‘li bilan yo‘q qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring