Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda bir oilani 40 ming dollarga AQShga yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Sirdaryoda bir oilani 40 ming dollarga AQShga yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda muqaddam tovlamachilik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan O.A. fuqaro B.J.ning ishonchiga kirib, B.J. va uning turmush o‘rtog‘ini tanishlari yordamida 40 000 AQSh dollari evaziga Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborishini va’da qilib, oldindan 12 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring