Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda 1,2 mlrd so‘m kreditni talon-taroj qilgan bank xodimlari aniqlandi

Sirdaryoda 1,2 mlrd so‘m kreditni talon-taroj qilgan bank xodimlari aniqlandi

Foto:«Xabar.uz»

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sardoba tumani bo‘limi tomonidan AT «Xalq banki» Sardoba filialining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruvda o‘tkazilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, AT «Xalq banki» Sardoba filiali sobiq xodimlari A.M., N.S., O.T. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, 54 nafar fuqaroning xabardorligisiz ular nomiga 1,2 mlrd so‘m kredit ajratilishiga erishib, o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, 7 nafar bank mijozlari tomonidan kredit qarzdorligini so‘ndirish maqsadida topshirilgan 18 mln so‘m naqd pulni bank kassasiga kirim qilmasdan shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring