Singapur va Vestminster talabalari o‘rtasidagi mushtlashuvni IIBB nazoratga olgan
Ijtimoiy tarmoqlarda Singapur menejmentni rivojlantirish instituti va Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti talabalari o‘rtasida yuzaga kelgan janjal videosi tarqaldi.
Ma’lum bo‘lishicha, bugun, 13 mart kuni Singapur va Vestminster universitetlari jamoalari o‘rtasida futbol uchrashuvi bo‘lib o‘tgan. Uchrashuv Singapur instituti jamoasi foydasiga 4:1 hisobida yakunlangach, talabalar o‘rtasida janjal yuzaga kelgan.
Hodisani Toshkent shahar IIBB nazoratga olgan.
Tekshiruv natijalariga ko‘ra, janjal ishtirokchilarining harakatlariga huquqiy baho beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter