Singapur samolyoti favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi
«Straits Times» gazetasi yozishicha, «Singapore Airlines»ga qarashli «Boeing 777» yo‘lovchi samolyoti bortida bosim kamayib ketgani uchun Singapurdagi aeroportga qaytishga majbur bo‘ldi. Voqea dushanba, 19-noyabr tunida yuz bergan.
«SQ336» reysni amalga oshirayotgan samolyot Singapur — Parij yo‘nalishida uchayotgan edi. Biroq yetti kilometr balandlikka chiqilgach, uchuvchilar bortda bosim keskin kamayib ketganini xabar qilishgan, yo‘lovchilarga kislorod niqoblari berilib, samolyot ortga qaytarilgan.
Mahalliy vaqt bilan soat 2:30 da samolyot muvaffaqiyatli qo‘ndirilib, texnik ko‘rikdan so‘ng, soat 6:00 da yana Fransiya tomon uchib ketgan. Samolyot bortida 234 nafar yo‘lovchi, 17 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan, hech kim tibbiy yordamga ehtiyoj sezmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter