Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shuhratbek Abdurahmonov zaharlangan bolalar bilan uchrashdi

Shuhratbek Abdurahmonov zaharlangan bolalar bilan uchrashdi

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov viloyat shoshilinch tibbiy yordam markazida bo‘ldi.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi Andijon filialiga kelgan viloyat hokimi toksikologiya bo‘limidagi 12 nafar bolalar bilan uchrashdi, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Dori vositasining nojo‘ya ta’siri oqibatida mazkur shifoxonaga kelgan barcha ota-onalar va bolalar bilan yaqindan suhbatlashdi.

Hozirda bolalarning umumiy holati yaxshilanmoqda. Shifokorlarning aniq ma’lumot berishlaricha, bemorlarda jiddiy yoki hayot uchun xavfli bo‘lgan hech bir holat mavjud emas. Ularning aksari salomatligi qoniqarli holga kelib, uylariga qaytmoqdalar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda o‘nlab bolalar zaharlangandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring