Shov-shuvli voqea bo‘yicha sud hukmi e’lon qilindi
Shu yilning aprel oylarida Xorazm viloyati adliya va FVB boshliqlarining jirkanch ishlari oshkor bo‘lgandi.
Oliy sud matbuot xizmatiga ko‘ra, bugun, 3 noyabr kuni Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyasiya instansiyasida A. M. (1979 yilda Nukus shahrida tug‘ilgan, Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan) va A. Q. (1984 yilda Yangiariq tumanida tug‘ilgan, Yangiariq tumani Favqulotda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan) ga oid jinoyat ishini apellyasiya tartibida yangidan ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilindi.
Ushbu jinoyat ishi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqildi.
Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo‘yicha apellyasiya instansiyasining 2023 yil 3 noyabrdagi hukmi bilan jinoyat ishlari bo‘yicha Xiva tuman sudining 2022 yil 6 sentyabrdagi hukmining A. M. va A. Q. ga oid qismi bekor qilinib, sudlanuvchilar A. M. va A. Q. Jinoyat kodeksining oldingi tahrirdagi 128-moddasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) 1-qismi va 128-1-moddasi (o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxsga moddiy qimmatliklar berish yoxud uni mulkiy manfaatdor etish orqali u bilan jinsiy aloqa qilish) da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi va Jinoyat kodeksining 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) tartibida ularning har biriga uzil-kesil 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Shu tariqa sudlanuvchilarga nisbatan qo‘llanilgan «garov» tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilinib, A. M. va A. Q. sud zalidan qamoqqa olindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter