Shifoxonadagi yong‘inda halok bo‘lganlar soni 82 kishiga yetdi — Iroq
Bag‘doddagi COVID-19 bemorlari davolanayotgan shifoxonada kelib chiqqan yong‘in qurbonlari soni 82 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga asoslanib «INA» agentligi xabar bermoqda.
Avvalroq ushbu tibbiy muassasada 28 kishining halok bo‘lgani haqida ma’lum qilgandik.
Iroq IIV hisob-kitoblariga ko‘ra, «Ibn al-Xatib» shifoxonasida qurbonlar soni 82 kishiga yetdi, 110 kishi jabrlangan.
OAV xabarlariga ko‘ra, yong‘in kislorod balonining portlashi va o‘limning aksariyati uglerod oksididan zaharlanish oqibatida kelib chiqqan. Iroq Bosh vaziri Mustafo al-Qozimiy hodisani o‘rganish paytida bir qator shifoxona rahbarlarini hibsga olishga buyruq berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter