Shifokorlar Moskva viloyatida gaz portlashidan jabrlangan o‘zbekistonliklar holati haqida ma’lumot berdi
Moskva viloyatida gaz balloni portlashidan jabrlangan besh kishining ahvoli og‘ir. Bu haqda Stupino tibbiyot boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Avvalroq «RIA Novosti»ga Favqulodda vaziyatlar vazirligining markaziy hududiy bo‘limi Stupino shahar okrugidagi kushxonada gaz balloni portlashi natijasida besh kishi jabr ko‘rgani haqida xabar bergandi.
«Besh kishi teri kuyishi natijasida kasalxonaga yotqizilgan. Ular Tobeyevo qishlog‘idagi portlashdan jarohat olganlar. Ikkita bemorning ahvoli nihoyatda og‘ir, qolgan uchtasiniki ham og‘ir. Ularga barcha zarur tibbiy yordamni ko‘rsatmoqdamiz», deya shifokor Dmitriy Markovning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda, tibbiy boshqarma matbuot xizmati.
«RIA Novosti»ning favqulodda vaziyatlar xizmatidagi manbasining ma’lumot berishicha, kushxonda gaz balloni portlashi natijasida besh nafar O‘zbekiston fuqarosi jarohat olgan va kasalxonaga yoqizilgan. Halokat texnika qoidalariga rioya qilmaslik, gaz ballonidan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida kelib chiqqani aytilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter