Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidentiga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidentiga hamdardlik bildirdi

Foto: AGN "Moskva"

Prezident Shavkat Mirziyoyev Moskva shahrining «Sheremetevo» aeroportida samolyotning favqulodda qo‘nishi oqibatida insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik maktubi yo‘lladi.

Davlatimiz rahbari halok bo‘lganlarning yaqinlariga samimiy ta’ziya va hamdardlik bildirib, jarohat olganlarning tez fursatda sog‘ayishlarini tiladi.

Eslatib o‘tamiz, 5-may kuni Moskvadagi Sheremetevo aeroportida Moskva — Murmansk yo‘nalishida harakatlanuvchi yo‘lovchi samolyoti qo‘nish chog‘ida yonib ketgandi. Avvaliga besh kishi jabrlangani, so‘ng halok bo‘lganlar soni o‘n nafarni tashkil etishi aytilgandi.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, samolyotda ekipaj bilan qo‘shib hisoblaganda 78 kishi bo‘lgan. Tergov qo‘mitasi ulardan 37 nafari tirik qolgani, 41 kishi esa halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring