Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidentiga hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-avgust kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Davlatimiz rahbari Matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Qozog‘iston Prezidentiga Jambil viloyati Boyzoq tumanida ro‘y bergan fojiali voqea oqibatida insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi. O‘zbekiston Qozog‘istonga favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etishda zarur ko‘mak ko‘rsatishga tayyor ekani ta’kidlandi.
O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlarining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Ko‘p qirrali hamkorlik ijobiy sur’at bilan rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Savdo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika, turizm sohalarida kooperatsiya loyihalarini, madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini ilgari surish muhim ekani ta’kidlandi.
Prezidentlar, shuningdek, mintaqa kun tartibi, avvalo, Afg‘onistondagi vaziyatning keskinlashishi yuzasidan fikr almashdilar. Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta’minlash masalalarida yaqindan hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter