Shahrisabzdagi bog‘chada bola noxush hodisa qurboniga aylandi
Qashqadaryoda viloyati Shahrisabz shahridagi bog‘chada bola vafot etdi. Maktabgacha ta’lim vazirligi holat yuzasidan tushuntirish berdi.
28-iyul kuni 1-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida mazkur maktabgacha ta’lim tashkilotida qatnamaydigan 2014-yilda tug‘ilgan S.X. singlisi A.X. bilan birgalikda bog‘chaga kelgan. Tayyorlov guruhi tarbiyachisi S.J. S.X. hamda A.X.ning onasining iltimosiga ko‘ra qonunga zid ravishda S.X.ni ham olib qolgan.
Tushlik paytida opa–singil S.X. va A.X. tashkilot hojatxonasiga chiqishgan. Opasi hojatxona ichkarisiga kirgan paytda, singlisi tashqaridan hojatxona eshikni ochib-yopib o‘ynagan. Natijada hojatxona eshigining oynasi sinib, shisha bo‘laklari S.X.ni jiddiy jarohatlagan. Voqeadan xabar topgan tashkilot hamshirasi tezda birinchi yordam ko‘rsatgan. Biroq, S.X.ning jarohati chuqurligi sabab, ko‘p qon yo‘qotish natijasida vafot etgan.
Holat yuzasidan Shahrisabz shahar prokuraturasi o‘rganish olib bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter