Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sergelida oddiy janjal pichoqbozlikka aylanib ketdi

Sergelida oddiy janjal pichoqbozlikka aylanib ketdi

Foto:«Tergov.uz»

16-noyabr kuni 28 yoshli Alisher M. Toshkent shahar Sergeli tumanida fuqaro 18 yoshli Ag‘zam Y., uni haqorat qilganligi sababli o‘rtalarida janjal kelib chiqqan. Alisher M. oldida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan Ag‘zam Y.,ga hamda ularni ajratib, bezorilik harakatlarini oldini olmoqchi bo‘lgan fuqaro 24 yoshli Shaxnoza M.,ning tanasini turli joylariga bir necha marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda, Ag‘zam Y., va Shaxnoza M.,lar tan jarohatlari bilan RShTYoIMga murojaat qilishgan.

Ko‘zdan kechirish jarayonida hodisa joyidan oshxona pichog‘i ashyoviy dalil tariqasida tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Alisher M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida Alisher M., gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan va himoyachi ishtirokida so‘roq qilingan.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring