Sergeli tumanidagi uylardan biri yonib ketdi
Bugun 20-may kuni ertalab soat 08:00lar atrofida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Sergeli tumanida joylashgan xonadonda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi.
FVVning yong‘in-qutqaruv guruhlari bir necha daqiqa ichida yong‘inni to‘liq bartaraf etdilar. Yong‘inni kelib chiqish sabablari mutaxassislar tomonidan aniqlanmoqda.
Ushbu hodisada jarohat olganlar va qurbonlar yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter