Sergelining ayrim hududlari gaz ta’minotisiz qoldi — «Hududgaz Poytaxt»
Sergeli tumani, «Sergeli» 6-A mavzesida joylashgan gaz quvuriga avtopilot uzelini o‘rnatish ishlari rejalashtirilgan.
Shu sababli, 2022-yil 20-sentyabr kuni soat 10:00 dan 17:00ga qadar «Bunyodobod», «Yangi Bunyodobod» mahallalaridagi 23 ta kõp qavatli uylardagi 2 587 ta xonadonlarda hamda 5 ta ulgurji tashkilotlarda gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Shundan;
1. Ovqatlanish shoxobchasi-1 ta
2. Nonvoyxona-4 ta.
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
«Hududgaz Poytaxt» gaz ta’minoti filiali ta’mirlash ishlari tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun tabiiy gaz iste’molchilardan uzr so‘ragan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter