Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sel kelishi Navoiy viloyati chorvadorlariga ham jiddiy zarar yetkazgan (video)

Sel kelishi Navoiy viloyati chorvadorlariga ham jiddiy zarar yetkazgan (video)

Skrin: «Youtube»

Shu kunlarda O‘zbekistonning turli mintaqalarida ob-havo injiqliklari sababli sel kelgani va turli oqibatlarga sabab bo‘lgani haqida xabarlar berilmoqda.

Navbatdagi hodisa Navoiy viloyati Navbahor tumanida sodir bo‘lgan, «Olchin Agro Eksport» MChJ xodimlari «Kun.uz»ga nashriga taqdim qilgan videolavha asl holaticha e’lon qilindi.

«Barchamizga ayonki, tabiiy ofat yuzaga kelgan hududlarda vaziyatni nazorat qilish uchun tuman (shahar, viloyat) hokimlari ma’sul bo‘lishadi. Ularning asosiy vazifalari tabiiy ofat oqibatida yetkazilgan zararni aniqlash, uni bartaraf etish va kelgusida tabiiy ofat oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha kompleks choralarni hayotga tatbiq etilishini nazorat qilishdan iborat.

Navbahor tumanida buning aksiga guvoh bo‘ldik. Sel kelib, oradan bir necha kun o‘tganiga qaramay, tuman mutasaddilari tomonidan tabiiy ofat ko‘lami, uning oqibatlari, yetkazilgan zarar miqdori, qurbonlar bor-yo‘qligiga mutlaqo qiziqish bildirilmadi.

Nobud bo‘lgan mayda va yirik chorva mollarining sonini aniqlashning imkoni yo‘q, biroq chorva mollari soniga yetkazilgan talofat yirik miqdorda, deyish mumkin. Allohga shukrlar bo‘lsinki, xo‘jaligimiz a’zolari o‘rtasida qurbonlar bo‘lmadi. Biz sarmoyador sifatida shu yerga Toshkentdan kelib, bir necha kun mobaynida ancha tartib o‘rnatishga erishdik. Lekin shu hudud mutasaddilari xabar ham olishmadi. El boshiga ish tushganda tuman rahbarlari birinchi galda shunday muammolar bilan shug‘ullanishlari kerak emasmi?

Sel oqibatida asosan imoratlar zarar ko‘rgan bo‘lib, uning miqdorini aniqlash biz uchun mushkullik tug‘dirmoqda. Bunday holatlarda, biz soliq to‘lovchilar sifatida hokimiyatdan biror yordam kutishga haqlimizmi, yoki «o‘z yog‘imizga qovurilib» qolaveramizmi», deyiladi taqdimnomada.

Videoda sel boshlanishi va tabiiy ofatdan keyingi kunlardagi holat aks etgan. Qayd etish o‘rinliki, videoda fuqarolarning favqulodda holatlarda o‘zlarini qanday tutishlari bo‘yicha bilim saviyasi juda pastligi yaqqol namoyon bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring