Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sayyoramizga uchta asteroid yaqinlashmoqda

Sayyoramizga uchta asteroid yaqinlashmoqda

Foto: «Forumdaily.com»

22-fevral kuni stadion kattaligidagi asteroid Yerga yaqinlashadi, deya xabar berdi NASA JPL tadqiqot markazi o‘z saytida. Kosmik ob’yekt sayyoramizdan to‘rt million kilometr uzoqlikdan uchib o‘tadi.

Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2020 XU6 asteroidining diametri 213 metrni tashkil etadi. Bundan tashqari, yaqin kunlarda diametri 23 metr bo‘lgan 2020 BV9 asteroidi (u Yerdan 5,6 million kilometr masofada paydo bo‘ladi) hamda diametri 40 metr bo‘lgan 2021 CC5 asteroidi Yerga yaqin keladi (6,9 million kilometr uzoqlikdan uchib o‘tadi).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring