«Sardoba» suv omboridan suv sizib chiqishi sabab aholi evakuatsiya qilindi
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yil 1-may kuni soat 05:55da Sirdaryo viloyatida joylashgan «Sardoba» suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgan. Natijada, Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv kirgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Mazkur vaziyat bo‘yicha zudlik bilan Sirdaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat quyi tizimiga kiruvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda Qo‘rg‘ontepa aholisini “Birlik” mahallasiga vaqtincha evakuatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, suv bosishi havfi mavjud bo‘lgan aholi punktlarini xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish ishlari olib borilmoqda. Holat Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan to‘liq nazoratga olingan.
Vaziyat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berilishi ma’lum qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter