Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda yana zaharlanish. Uchta bog‘cha vaqtincha yopildi

Samarqandda yana zaharlanish. Uchta bog‘cha vaqtincha yopildi

Samarqandda yana zaharlanish holati kuzatilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, bugun, 11-oktyabr kuni viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 80, 98 hamda 106-bog‘chalarning 12 tarbiyalanuvchisi ovqatdan zaharlanish tashxisi bilan yotqizilgan.

Aniqlanishicha, bolalar bog‘chada osh, sho‘rva, makaron, salat kabi aralash ovqatlarni iste’mol qilganliklari natijasida sog‘liqlari yomonlashib, shifokorga murojaat qilishgan.

Shahardagi 80, 98 va 106-bog‘chalarga “E.M.” korxonasi autsorsing xizmati ko‘satib kelgan.

Zaharlanish holati yuzasidan viloyat DSENM tomonidan har uchala bog‘cha vaqtincha yopilgan. Hozir bemorlar ahvoli qoniqarli bo‘lib, davolash muolajalari davom ettirilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan JKning 257-1-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

6-oktyabr kuni Samarqand shahar Siyob dehqon bozorida joylashgan «Baxtiyor» MChJga qarashli xot-dog tayyorlash shoxobchasidan xot-dog va shaurma yegan odamlar zaharlangan edi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring