Samarqand shahrida «Vaz-2106» mashinasi yonib ketdi

Samarqand shahrida 8-fevral kuni «Vaz-2106» avtomashinasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, soat 11:38 da Ko‘ksaroy maydoni avtoturargohida to‘xtab turgan «Vaz-2106» rusumli avtomashinasida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra, 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 11:40 da yetib borib, yong‘in soat 11:43 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida avtomashinaning oldi motor va salon (kabina) qismi qisman yonib zararlangan. Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas