Samarqandda vahshiy bosqinchi hibsga olindi

Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida 16-aprel kuni soat 06.00larda, noma’lum shaxs fuqaro M.J.ning uyiga ochiq qolgan deraza orqali kirib, uy egasining chap son qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazadi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Bosqinchi M.Jning qulog‘idagi ziragi va 2 dona mobil telefonlarini olib, voqea joyidan yashiringan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Chimboy mahallasida yashovchi, 1991-yilda tug‘ilgan F.N. sodir etganligi aniqlanib qo‘lga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter