Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda suv toshgan yo‘l o‘tkazgich bo‘yicha izoh berildi

Samarqandda suv toshgan yo‘l o‘tkazgich bo‘yicha izoh berildi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Samarqand shahrining Bo‘stonsaroy va Ro‘dakiy ko‘chalari kesishmasidagi tunnel tipidagi yo‘l o‘tkazgichda kuzatilgan suv o‘tish holatiga izoh berdi.

«Mazkur yo‘l o‘tkazgich qurilishida loyihaga ko‘ra asosiy qurilish-montaj ishlari yakunlanib, Samarqand shahri aholisiga yangi yil bayram tadbirlari davrida tirbandlikni oldini olish va transport vositalari harakatlanishiga qulaylik yaratish maqsadida yo‘l ochib berilgan bo‘lib, obodonlashtirish va suv qochirish, irrigatsiya tarmoqlarida hali qurilish ishlari davom ettirilmoqda.

Tunnel qismining devorlaridan suv o‘tish holati hali qurilish ishlari davom ettirilayotgan suv qochirish-irrigatsiya tizimidagi lotoklarga har xil turdagi tiqilishlar oqibatida yuzaga kelgan.

Shuningdek, tunnel devorlariga o‘rnatilgan plitalar «quruq montaj» usulida ishlangan bo‘lib, ularning orasidan suv o‘tishi yo‘l o‘tkazgichning konstruktiv elementlari mustahkamligiga salbiy ta’sir etmaydi.

Loyiha yechimiga ko‘ra ushbu transport yechimi qurilishi doirasida yomg‘ir suvlarini qochirish uchun nasoslar o‘rnatilishi va oraliq qurilmalar tutashish joyida asfalt qoplamasini kesib, deformatsion choklar o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan. Yaqin kunlarda qayd etilgan ishlar to‘liq yakunlanib, yuzaga kelgan noxush holatlar bartaraf etiladi», — deyiladi tashkilot tomonidan berilgan izohda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring