Samarqandda soxta IIB xodimasi ushlandi
Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani «Mehrjon» mahallasi hududida fuqaro I.N. ichki ishlar organlari xodimlarining kiyimida (yengi kalta ko‘k ko‘ylak, shim, bosh kiyimsiz va pogonlarsiz) yurgan.
Bu holat «Temir intizom va halollik — muvaffaqiyat kaliti» shiori ostida o‘tkazilayotgan «Intizom oyligi»da aniqlangan. O‘tkazilgan suhbat davomida ushbu ayol formani Samarqand shahrida joylashgan chevar xonalardan biridan sotib olganini aytgan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada soxta YPX xodimi qo‘lga tushgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter